1. 1. So‘ligan, so‘liq.
So‘lg‘in g‘o‘za.
▬
Ekinlar tomiriga qon yugurdi. So‘lg‘in yaproqlar asta jonlana boshladi.
J. Abdullaxonov, To‘fon
Saxiy janub quyoshi shitob bilan tik ko‘tarildi. O‘t-alaf ham, gul-chechak ham issiqqa dosh berolmay, so‘lg‘in bosh egdi.
S. Abduqahhor, Janubiy nuqtada
2. ko‘chma hma O‘zini oldirgan, siniqqan, rangi ketgan, quti o‘chgan, so‘liqqan.
So‘lg‘in chehra.
▬
Onaning rangi so‘lg‘in, ko‘pdan dard chekib, xiyla azob tortgan ayolning yuzlariga o‘xshardi.
J. Abdullaxonov, Xonadon
Pan-jining ko‘zlari qizargan, yuzi so‘lg‘in edi.
Yoshlik
3. 3. Fayzini yo‘qotgan, fayz-futurdan ketgan.
Sal so‘lg‘in, qalin tutzorlarga kuz hali qo‘l urmagan bo‘lsa ham, endi yoz emas edi.
Yoshlik
Quyosh goh bulutlar orasiga yashirinar, goh birdan so‘lg‘in dalalarni, yalang‘och teraklarni mayin tovlantirar edi.
Oybek, Oltin vodiydan shabadalar