1. Tikilgan narsaning ipini uzib, sug‘urib, bo‘laklarga ajratmoq.
Ko‘rpani so‘kib, ag‘darib tikmoq.
▬
[Otabek] Tikilgan iplarni so‘kdi va maktubni ochib, och ko‘zini ishga qo‘ydi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
2. 1. Yomon so‘zlar bilan urishmoq, haqorat qilmoq.
— Ha, noinsof, ha ko‘ppak! — Qoratoy boyni so‘ka boshladi. — Iflos qarg‘a!
Oybek, Tanlangan asarlar
Ochman! Yalang‘ochman! Xorman! Siz u deb so‘kasiz, 6u deb so‘kasiz, bas-da shuncha xo‘rlaganingiz.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
3. 2. Umuman, urishmoq, koyimoq.
Turg‘un-boy butun aybni qo‘lida bolasini ko‘tarib turgan xotinga to‘nkab, uni so‘kdi va qizarib-bo‘zarib, mehmonlar bilan so‘rasha boshladi.
P. Tursun, O‘qituvchi