1. 1. Masjidda azon aytuvchi kishi; muazzin.
Butoqda xo‘roz qichqirar, Mezanada — so‘fi.
Maqol
Mana bugun Sultonboy qishloq so‘fisi azon aytmasdan o‘rnidan turib, tomga qamish bosayotibdi.
H. G‘ulom, Mash’al
Lekto‘r [lektor] so‘fi azon aytganday qilib gapirarkan.
Yoshlik
Qo‘qonning eski shahariga qarashli bir masjidda bir so‘fi bo‘larkan.
Gazetadan
2. ko‘chma hma Sodda, go‘l, xudojo‘y odam.
— Voy, otasi tushkur-yey, — dedi kula-kula Musa, — men sizni so‘fi, bunday ishlarga e’tibor qilmaydi, deb yursam, sizda gap ko‘p ekan.
P. Tursun, O‘qituvchi
Uch-to‘rt xotinli boylarning, ayniqsa, chorbozorchi savdogarlarning besh-oltilab xotinlari erlarini kutib, so‘fi bo‘lib o‘tirishadi deysizmi?
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha