1. 1. Ishqalanaverib, surtilaverib sayqal topgan yoki yedirilib tep-tekis bo‘lgan, sip-silliq.
Siyqa tosh. Siyqa chaqa.
▬
Bu kun ham quyosh, xuddi sovqotayotgandek, osmonda bir muddat siyqa tanga kabi xira ya/tirab, ko‘zdan yo‘qoldi.
X. Sultonov, Bir oqshom ertagi
Birovlar savdo-sotiq yoki xarj bilan ovora bo‘lsa, birovlar cho‘ntaklarida siyqa chaqasi yo‘q, bozor rastalarida garang sudraladi.
Oybek, Tanlangan asarlar
2. ko‘chma hma Ko‘p qo‘llangan, ishlatilaverib ko‘ngilga urgan, me’daga teggan (gap, so‘z, ibora va shu kabilar)
Siyqa gap.
▬
— Podshohning amri vojib, — dedi alloma, siyqa, eski gapni ishlatishga majbur bo‘lib.
M. Osim, Ibn Sino qissasi
3. ko‘chma hma G‘oya, mazmun va badiiylik jihatidan yuzaki, sayoz.
Siyqa fikr. Siyqa asar.
▬
Sotiboldiyevning bahslashishi ham allanechuk siyqa, bachkana edi.
P. Qodirov, Uch ildiz