Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {siyosat}
So‘z bo‘g‘inlari: si-yo-sat
Izoh(lar)i:
siyosat ot

1. 1. Davlat hokimiyati shakllarini amalga oshirish va boshqarish; davlat hokimiyatining mamlakatni boshqaruvda va xalqaro munosabatlarda tutgan yo‘li; davlatni boshqarish san’ati. Ichki siyosat. Tashqi siyosat. Mustaqillik tufayli O‘zbekiston Respublikasining davlat siyosati yangicha ma’no va mazmun kasb eta boshladi. O‘zME
Bu kungi sharoit tajribali xonni boshqacha siyosat ushlashga majbur etdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

2. ko‘chma hma Hiyla-nayrangga asoslangan, yo‘liga qilingan ish, xatti-harakat; ustomonlik. Shu joyda raisning obro‘si sal darz ketibdi. U o‘zining biyligini siyosat bilan o‘tkazmoqchi bo‘lgan ekan-u, bo‘lmabdi. N. Fozilov, Diydor
Dehqon, kosib xalqi notinchlanib qoldi: albatta, ularning bolalari ketadi-da, farmonda mardikor deyilgan, ammo, Salim aka, menimcha, bu narsa bir siyosat, bir aldov bo‘lsa kerak. Oybek, Tanlangan asarlar

3. s. t. t. Do‘q, po‘pisa, qo‘rqituv. [Navoiy:] Tahdid va siyosat emas, mehribonlik darkor. Oybek, Navoiy
[Beklar:] Siyosat uchun bitta ig‘vogarning boshini kestirmoq zarur! P. Qodirov, Yulduzli tunlar
Ha, odamlar aytar edi, Azroil jon oladigan bo‘lganda, shunday siyosat bilan, haybat bilan keladi, deb. Murodxon

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: do‘q
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.