1. 1. Arqon, chizimcha va shu kabilarning bo‘yinbog‘ shaklida suriladigan va siqiladigan qilib bog‘lanadigan uchi.
Sirtmoq solmoq. Dorning sirtmog‘i.
▬
Qari soldat dor tagidagi to‘nkalarni qimirla-tib ko‘rdi, sirtmoqning tugunini sinchiklab tekshirdi.
X. Sultonov, Bir oqshom ertagi
— Rahmonqul dorga osiladigan bo‘lsa, men o‘zim sirtmoq tashlab beraman, — dedi G‘ani ota.
G‘. G‘ulom, Mash’al
2. ko‘chma hma Asorat, siquv, iskanja.
Ajal sirtmog‘i.
▬
Agar senga o‘xshaganlardan yana bir-ikkitasi bo‘lsa, pokiza hayotning bulg‘alanishi, sof muhabbatning tuhmat sirtmog‘ida jon berishi hech gap emas! deganimni o‘zim ham sezmay qoldim.
M. Jabborov, Sevinch yoshlari
Agar ishlari chappasidan kelsa-yu, Shayboniyxonning qopqoniga tushsalar, ajal sirtmog‘i eng avval Boburning bo‘yniga tushishini hammalari bilardilar.
P. Qodirov, Yulduzli tunlar