Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sirpan} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: sir-pan-moq
Izoh(lar)i:
sirpan fl

1. 1. Silliq yuza, sirt ustida monesiz, to‘siqsiz surilmoq; sirg‘anmoq, toyg‘anmoq. Sirpanib yiqilmoq. Sirpanib ketmoq. [Adolatning] Boshidan sirpanib ketgan paranjisi oyoqlariga o‘ralashib qoldi. S. Zunnunova, Gulxan
Kabutarlar dam uchib, dam sirpanib qo‘nib, gumbaz tevaragida quvonch bilan inoq o‘ynashar edi. Oybek, Navoiy

2. 2. Silliq muz, yaxmalak yoki qor ustida uchmoq, sirg‘anmoq. Tepalikdan sirpanib tushmoq. Konkida sirpanmoq. Loy, toyg‘oq yo‘ldan eshagimiz qiynalib qadam tashlar, goh sirpanib, goh yiqilgudek munkib ketardi. Yoshlik

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: sirg‘anmoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.