Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sirpanchiq}
So‘z bo‘g‘inlari: sir-pan-chiq
Izoh(lar)i:
sirpanchiq

1. Silliq, toyg‘oq yuza, sirt; sirg‘anchiq. Sirpanchiq muz. ▬ Qat-tik sovuq bo‘lib, ko‘chalar sirpanchiq bo‘lgan kunlarning birida Afandi Toshkentga tashrif buyurdi. Mushtum

1.

2. Sirpanish, konki otish uchun maxsus muzlatilgan joy, maydon. Sirpanchiqda konki uchmoq. ▬ Bolalar tanaffusda biri qorbo‘ron o‘ynab, biri sirpanchiq uchib yurishardi. Gazetadan

3. tex. ex. Stanok, moslama, qurilma va shu kabilarning sirpanuvchi qismlari surilib yuradigan silliq yo‘naltiruvchi qismi.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: sirg‘anchiq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: sirpang‘ich – Yer, muz, qor ustida sirpanish uchun foydalaniladigan vosita.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.