1. 1. 1 Boshqalardan sir tutilgan, yashirin, maxfiy, siri bor.
Cho‘li boboning joy solayotganlar yoniga ketganidan foydalanib, Horunbek Me’morga ohista sirli bir gapni shivirladi.
Mirmuhsin, Me’mor
Ular sersoya daraxtlar ostidagi salqin yo‘lakdan ketib borisharkan, suhbatlari yana quyuqlashib, sirli tus oldi.
K. Yashin, Hamza
2. 2. Zamirida qandaydir bir sir yashiringan; ajib, o‘ziga jalb qiluvchi.
She’riyat — g‘oyat bir sirli olam.
Gazetadan
Uning uzun kipriklari oydinda qop-qorayib ko‘ri-nar, allaqanday sirli go‘zallik berardi chehrasiga.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
To‘y so‘zini eshitgan Oynisaning vujudini sirli bir alanga qamradi, yuz-ko‘zi o‘t bo‘lib yondi, toshkentlikning otini ham tashlab, uyi tomon qochdi.
H. G‘ulom, Toshkentliklar
Bu gapingam to‘g‘ri, sevgi insonning juda sirli tuyg‘usi deb bekorga aytmaganlar.
S. Karomatov, Oltin qum
3. 3. Nimanidir, qandaydir sirni yashirgan, allaqanday bir siri bo‘lgan.
Saidg‘ozi tinglovchilarni entiktirish uchun bir oz to‘xtab, zalga sirli nazar tashladi.
S. Anorboyev, Oqsoy
U [Bahrom] menga qarab sirli kuldi.
M. Qoriyev, Oydin kechalar
— Akang kelyapti, — sirli tovush bilan dedi Ergash, — tag‘in anov kunga o‘xshab bir do‘pposlasa nima qilasan
H. Ahmar, Kim haq?
4. 4. Qo‘rqinchli, vahimali; yurakka qo‘rquv soladigan.
Shamol o‘rmonni sirli, vahimali sadolar bilan to‘ldirdi.
Oybek, Quyosh qoraymas
Bir maromda pishqirayotgan okean ayolning ko‘ngliga vahm solar, qop-qora toshlar qo‘rqinchli va sirli ko‘rinardi.
Yoshlik
5. 5. Ilmiy jihatdan o‘rganilmagan, ochilmagan, aniqlanmagan, ma’lum bo‘lmagan.
Hamza ko‘nglida Hindiston safari ishtiyoqi tug‘ilgan paytdan boshlab bu sirli mamlakat haqidagi yozma va og‘zaki ma’lumotlarni o‘rgana boshlagan edi.
K. Yashin, Hamza
Tuzdi-yu Mirzo Ulug‘bek Ko‘ragoniy jadvalin, Sirli osmon toqiga ilk Qo‘ydi narvon o‘zbegim.
E. Vohidov, Muhabbatnoma
6. ayn. yn. Sirkor II.
Ag‘yorning sirli mehmonxonasidan do‘stingning somonxonasi yaxshi.
Maqol
— Bu yaxshi! Buxorodek shahri azimda yuzta kulol bo‘lsa ham oz. Bozorlarda idishlar ko‘paysin, yangi binolarga sirli sopollar ko‘proq yetkazib berilsin, — dedi Me’mor.
Mirmuhsin, Me’mor
7. 2. Sir yoki emal bilan qoplangan, sirlangan.
Sirli chelak.
▬
Kuliga sirli sopol kosa tutgan bir qizcha qadamlarini avaylab bosib keldi-da, kosani Oyimxonga topshirdi va tez chiqib ketdi.
P. Tursun, O‘qituvchi
U taxta eshik zanjirini tushirib, ichkari kirdi. Kigiz o‘rtasidagi tugunga ko‘zi tushdi. Ochsa — sirli tog‘orada osh, ikki shisha aroq, non bozori kulchalar
Yoshlik