Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sirka} - la - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: sir-ka-la-moq
Izoh(lar)i:
sirka ot

1. Sirka kislotaning suvdagi eritmasi — mevalarni konservalashda, ovqatga qo‘shiladigan ziravor sifatida ishlatiladigan o‘tkir hidli, achchiq-nordon mazali suyuqlik (uy sharoitida uzum, olma va shu kabilar shirin mevalarning sharbatidan ham maxsus usulda tayyorlanadi). Uzum sirkasi. Ovqatga sirka solmoq. Ovqatga murch, piyoz, sirka kabilarni qo‘shish, limon suvi yoki nordonroq dorilar berish ishtaha paydo qilishi mumkin. N. Ismoilov, Kasallarni parvarish qilish
To‘lagan engashib, dasturxonning bir chetiga soqolini artdi, don tiqilgan tovuqday bo‘ynini cho‘zib kekirdi, sirka ichganday aftini burushtirib: — Juda to‘ydim Azbaroyi xudo! A. Qahhor, Tanlangan asarlar

2. Bit tuxumi. Yomondan it yaxshi, Sirkadan bit yaxshi. Maqol
Bolaning erkasi — bitning sirkasi. Maqol

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.