Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sirg‘al} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: sir-g‘al-moq
Izoh(lar)i:
sirg‘al fl

1. ayn. yn. Sirpanmoq 1. Osmono‘par imoratlardan zavqlanib, goh o‘ngga, goh so‘lga zehn solib borarkan, tasodifan oyog‘i sirg‘alib, chalqanchasiga qulab tushibdi. Mushtum

2. 2. Surilib, aylanib ketmoq. Ketmonning silliq dastasi qo‘lida sirg‘alib ketavergach, kaftiga tuflab qo‘ydi. Yoshlik

3. 3. Sirt ustida pastga qarab sekin harakatlanmoq. Bola otasining qo‘lidan sirg‘alib tushib, o‘zi chopqillab ketdi. M. Mahmudov, Mangu kuy izlab
Xonzoda begimning so‘lg‘in yuziga ko‘zlaridan yosh sirg‘alib tushdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
Kampirning yonoqlari bo‘rtib chiqqan. Ro‘moli sirg‘alib, yelkasiga tushgan. T. Malik, Ajab dunyo

4. 4. Sezdirmasdan, sekingina surilmoq, siljimoq, yurmoq. Deraza oldidan ikkita sharpa sirg‘alib o‘tdi. O‘. Hoshimov, Nur borki, soya bor
Ruqiya chaqqonlik bilan hovlidan sirg‘alib chiqib ketdi. K. Yashin, Hamza

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.