1. Quloqqa taqiladigan bezak buyum; isirg‘a, zirak.
Kumush sirg‘a.
▬
Husniddin to‘xtab turib, marvarid sirg‘alarini serkillatib kelayotgan Qandolatxon bilan omonlashdi.
Mirmuhsin, Fe’lan kuchsizlik
Davolovchi vrach keldi. Uning ham egnida oq xalat, qalin lablari bo‘yalgan, qulog‘iga shapaloqdek sirg‘a taqib olgan, xushro‘y juvon.
N. Aminov, Qaltis xato