1. 1. Bir-biriga sirini ishonib aytuvchi, hamdard kishilar (bir-biriga nisbatan).
Yomon bilan yo‘ldosh bo‘lma, Nodon bilan sirdosh bo‘lma.
Maqol
Ular bir-birlariga sirdosh, hamfikr, mehribon bo‘lib ulg‘aydilar. K. Yashin.
Hamza
Ilgarilari o‘t bilan suvdek bo‘lgan kundoshlar endi sirdosh bo‘lib, chekka-chekkada pichirlashadigan bo‘ldilar.
A. Muxtor, Opa-singillar
2. ko‘chma hma Barcha sir-asrori, tarixining guvohi; asrdosh.
Baxmal sohilingga ko‘z tikib qoldim, Asrlar sirdoshi, ey ulug‘ daryo.
G‘ayratiy
Daryo — sahroning azaliy sirdoshi. U ham qum rangida to‘lg‘anadi, u ham sahrodek cheksiz va qadimiy.
A. Muxtor. Bo‘ronlarda bordek halovat