Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {siq} - im ( Egalik qo‘shimchalari Sintaktik shakl yasovchi ) - la - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: si-qim-la-moq
Izoh(lar)i:
siq fl

1. 1. O‘rab, qamrab yoki bosib ezmoq, qismoq. Toshni siqqan bilan suv chiq-masalan Maqol
Uning yuzlari xuddi sharbati siqib olingan anor po‘stiga o‘xshab ketardi. S. Ahmad, Poyqadam
Darvoza ochilib, yo‘g‘on qomatini sportchilar kiyadigan qalin triko siqib turgan Shamsi To‘rayevich ko‘rindi. N. Aminov, Suvarak
U yigitni tagiga bosib olib, bo‘ynidan siqdi-da, yuzini yerga ishqab, ura ketdi. T. Ashurov, Oq ot

2. 2. Sirib bog‘lamoq. Tongda jangchilar och qornini kamar bilan mahkam siqib, yo‘lga tushdilar. Oybek, Quyosh qoraymas

3. 3. Bosim bilan hajmini kichraytirib zichlashtirmoq. Gazni siqmoq.

4. 4. Tazyiq bilan surib bormoq, tang holda qoldirmoq. Raqibni burchakka siqib qo‘ymoq. Mashina qo‘l mehnatini siqib chiqarmoqda. Dushman bu qiyinchiliklardan foydalanib, stansiya tomon siqib keldi. Oybek, Quyosh qoraymas

5. 5. Erkinlik, huquq bermay yoki o‘rinsiz talab, da’vo, bo‘hton va shu kabilar bilan ruhan ezmoq, qiynamoq. Bolalarni bo‘lar-bo‘lmasga siqavermoq. Uni, ovqatni buzibsan, deb rosa siqdik.

6. chiqish kelishigi bilan lan Biror narsadan cheklab qo‘ymoq; zoriqtirmoq. Puldan siqmoq. [Xushro‘y] Ikkinchi va uchinchi haftalarda o‘choq boshini o‘z qo‘liga olib, kundoshini ikkita yosh bolasi bilan tomoq vajidan ham siqa boshlaydir. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Albatta, kampir kelinlarini ro‘zg‘ordan siqmasdi. Ammo rejani buzmay, masalliqni isrof qilmay ish tutardi. S. Ahmad, Saylanma
Bechora xolani xudo husndan siqqan, jamolida jindakkina kulib turadigan yeri yo‘q. Mirmuhsin, Umid

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.