1. 1. Parchalanmoq, maydalanmoq, bo‘laklarga ajralmoq, uzilmoq.
Shisha sindi. Qalam sinib soldi. Ko‘za kunda sinmaydi, kunida sinadi.
Maqol
Qayin daraxtining egilgani —singani, Er yigitning uyalgani — o‘lgani.
Maqol
Qo‘lidagi dastalangan paxta gulli piyoladan biri yerga tushib, chil-chil sindi.
T. Ashurov, Oq ot
Oyog‘ingning ostida nogoh Chirs etar-u, sinib tushar shox
X. Davron, Bolalikning osmoni
Yel ketma-ket bo‘kirar, bunga chiday olmagan shox-shabbalar chars-churs sinar edilar.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
2. 2. Zarb yeb shikastlanmoq, parchalanmoq (gavda suyaklari haqida).
Umar bilagi sinib, boshi yorilib, tuproqda behush yotardi.
S. Yunusov, Kutilmagan xazina
3. 3. Shikastlanib ishdan chiqmoq, yaroqsiz holga kelmoq.
— Xafa bo‘lmang, aka, — dehqonning yelkasini qoqib yupatdi Yo‘lchi, — falokat emas —
▬
Arava sindi, ho‘kiz o‘ldi.
Maqol
arava sinadi, tuzatiladi.
Oybek, Tanlangan asarlar
Singan sozi qaytadan Tilga kirganday, Xazon bo‘lgan bahori Gulga kirganday.
G‘ayratiy
4. ko‘chma hma Konkurensiyada, raqobatda yengilmoq, bankrotlashmoq, xonavayron bo‘lmoq.
[Saidahmad:] Zamon juda loyqalanib ketyapti, hali qarasang, u boy sinibdi, hali qarasang, bu boy.
Oybek, Ulug‘ yo‘l
5. ko‘chma hma Ma’naviy zarba olmoq.
Odamning ko‘ngli nozik bo‘ladi: bir kichkina narsa bilan yo sinadi, yo ko‘tariladi.
M. Ismoiliy, Bizning roman
— Agar bolaning ruhi sinsa, shunaqa betga chopar, kattaga so‘z qaytaradigan, qaysar bo‘ladi, — dedi [Akbarxo‘ja].
P. Tursun, O‘qituvchi
6. ko‘chma hma Yengilmoq, mahv bo‘lmoq.
Sinmas iroda. Haqiqat bukiladi, ammo sinmaydi.
Maqol