Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {singish}
So‘z bo‘g‘inlari: sin-gish
Izoh(lar)i:
singish fl

1. 1. Chuqur o‘rnashmoq, o‘zlashmoq, jo bo‘lmoq, singmoq, singimoq. Oqshom tinchligida olamning butun go‘zalliklari ko‘nglimga singishib kirganday bo‘ladi. A. Muxtor, Davr mening taqdirimda
Ko‘zlariga o‘rnashgan, singishgan g‘am ketmagan edi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

2. 2. O‘rganib olmoq, odatlanmoq; moslashmoq. Qariyb yetti yillik gavjum hayot davomida Yigitali shahar sharoitiga butunlay singishib ketgan edi. D. Nuriy, Osmon ustuni

3. 3. Bag‘riga, qo‘yniga yoki rangiga, tusiga kirib yo‘qolmoq; birga qo‘shilib, birdek bo‘lib ketmoq. Tog‘lar, qirlar, dalalarda oqshom tushib, qosh qoraya boshlagan, atrofdagi daraxtlar, uylar va ekinzorlarning bari bir-biriga singishib, ko‘kimtir tuman pardasiga o‘ralayotgan edi. H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar

4. ko‘chma hma O‘rganish bo‘lib qolmoq, odat tusiga kirmoq, o‘zlashib ketmoq. [Qandolatxon] Eri ustidan hukmronligini Husniddinga ham ko‘rsatmoqchi bo‘ldi. Lekin Husniddinga bu qiliq singishmay, avval bir necha kun ta’bi tirriq yurdi. Mirmuhsin, Fe’lan kuchsizlik

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.