Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {simir} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: si-mir-moq
Izoh(lar)i:
simir fl

1. 1. Ichga tortib ichmoq. Qimizni simirmoq. Valiyev ilib qolgan choyni simirdi. E. Usmonov, Yolqin
Otaning qo‘liga berib qo‘bizni, Ketidan tutdilar to‘la qimizni. Simirdi-da, ota qo‘bizni tortdi, Eshitganlar chuqur zavqlarga botdi. M. Alaviya

2. 2. Chuqur nafas bilan ichga yutmoq. Toza havodan simirmoq bahonasida Rasuljon tezroq hovliga chiqa qoldi. J. Abdullaxonov, Xonadon
Ota rayhon hidini simirdi. A. Eshonov, Ota

3. 3. Ko‘chma Miriqib vujudiga singdirmoq; tuymoq; ruhan his qilmoq. [Sultonmurod] Ishq dardini totli may kabi simirmoqdan go‘yo lazzatlanadi. Oybek, Navoiy
She’r zulolidan simirdim bir piyola to‘ldirib, Voh, ko‘rindi menga har bir qatrasi ummon kadar. E. Vohidov

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: semirmoq Et olmoq, to‘lishmoq, vazni ortmoq; xursand bo‘lmoq.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.