Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sim}
So‘z bo‘g‘inlari: sim
Izoh(lar)i:
sim ot

1. 1. Ip, chilvir, chiviq ko‘rinishdagi uzun metall buyum. Po‘lat sim. Mis sim. Yo‘g‘on sim. Ingichka sim. Sim to‘r. Sim g‘ov. [Hojar:] Nima? Og‘zingizni yoping! Molxonaga sim bilan tortib qo‘yaman, ostonadan o‘ligi chiqadi. Hamza, Paranji sirlari
Yo‘l chekkasidagi yantoqlar xuddi zang bosgan simday qovjirab yotar edi. N. Fozilov, Diydor

2. 2. Elektr yoki telefon liniyasiga tortiladigan o‘tkazgich. Elektr simi. Telefon simi. Sim tortmoq. Vagonlar o‘ntacha keladi. Ularning tepasidan bir-biriga elektr simi tortilgan. H. Nazir, Yonar daryo

3. 3. Musiqa asboblarining metall ipi; metall tor. Tanbur simi, Agar aldamasa shu sovuq simlar, Gar shul eshitganim bo‘lmasa ro‘yo, Sen ona emassan, dorsan, tabiat, Sen beshik emassan, jallodsan, dunyo! A. Oripov

4. 4. Simdan yasalgan, to‘qilgan. Viktor shunday dedi-yu, eski sim karavot tagidan sandiqdek zil-zambil chamadonini tortib oldi. S. Karomatov, Oltin qum
Etakdagi sim to‘r ortida tovuqlar qaqag‘laydi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

5. kt. ayn. Siym. Xazinaning sim-u zarga ehtiyoji ne darajada! Oybek, Navoiy

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. sim I Ot
kumush, nuqra

2. sim II Ot
ip ko‘rinishadagi metall mahsulot

Paronimi: mavjud emas.

Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent K.Qosimova 1923- yil Toshkent shahrida tug‘ildi. 1940- yilda maktabni tugatib, mahalla xotin-qizlar klubida tashkilotchi bo‘lib ishladi. 1942-yilda Toshken davlat pedagogika instituti qoshida tashkil etilgan o‘qituvichilar tayyorlash kursini bitirdi. 1952-1955- yillarda Toshken davlat pedagogika instituti aspiranturasida tahsil oldi. 1942-1952- yillarda maktabda o‘qituvichilik faoliyati bilan shug‘ullandi. 1956-1959- yillarda institutning O‘zbek tilshunosligi kafedrasida ishladi. 1960-1964- yillar mobaynida Qori Niyoziy nomidagi Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida faoliyat ko‘rsatdi. 1964-1990- yillarda Toshken davlat pedagogika institutida ishladi.

K.Qosimova hammualligida 4- sinf uchun “O‘zbek tili darsligi” (1963) (hamkorlikda), 2- sinf uchun “Ona tili darsligi” (1996) (hamkorlikda), 5- sinfi uchun “Ona tili darsligi” (1997, 1998) nashr qilingan.

K.Qosimova “O‘zbekiston halq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni, “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

1. taqsim qilmoq: 1.qismlarga, ulushlarga bo‘lmoq, ajratmoq; 2.mat. bo‘lish amalini bajarmoq, bo‘lmoq.

1. Aynimoq – achinmoq – biqsimoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining tor-kengligiga ko‘ra)

2. Epkin – nasim -yel – sabo – shabada – shamol – bo‘ron – to‘fon
Ma’nosiga ko‘ra
(oqim tezligining kuchiga ko‘ra)

3. Epkin – nasim yel – sabo – shabada – shamol – bo‘ron – to‘fon
Ma’nosiga ko‘ra
(oqim tezligiga ko‘ra)

4. Gangimoq – dovdiramoq – esankiramoq – garangsimoq – gangramoq – kalovlanmoq – mengrovsimoq – talmovsiramoq – obdiramoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanilish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

5. Ilimoq – isimoq – qaynamoq
Ma’nosiga ko‘ra
(o‘zgarish holatiga ko‘ra)

6. Isimoq – sovimoq – muzlamoq
Ma’nosiga ko‘ra
(haroratning pasayib borishiga ko‘ra)

7. Millimetr – santimetr – detsimetr – metr – kilometr
Ma’nosiga ko‘ra
(uzunlik miqdorining oshib borishiga ko‘ra)

8. Oddiy askar – kichik serjant – serjant – katta serjant – kichik leytenant – leytenant – katta leytenant – kapitan – mayor – polkovnik – general-marshal – general-mayor – general-polkovnik – generalissimus
Ma’nosiga ko‘ra
(unvon darajasining katta-kichikligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.