1. 1. Kuch bilan keskin tortmoq yoki itarmoq.
Otning jilovini siltamoq. Varrakni siltab tortmoq. Yigit
▬
Anvar allaqachon yerga sakrab tushgan, eshikni siltab yuborgan edi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Shuni to‘ldirib un ko‘tarib kelaman, deganday katta qopini siltab, yelkasiga tashladi.
A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
Qiz ham o‘ynab turgan sochini siltab, orqasiga tashladi-yu, uning ko‘zlariga tik qaradi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. ko‘chma hma So‘zini kesmoq; jerkmoq.
Ertalab [CommuJ kampirning qulog‘iga shivirlayotgan edi, kampir uni siltab tashladi: — Bolam, bu odatingni tashla.
S. Ahmad, Saylanma
Arzimas narsaga uning [Shakarning] charsligi tutib, bolani siltaydigan, qarg‘aydigan qiliq chiqardi.
H. Nazir, Ko‘kterak shabadasi