1. zool. ol. Mushuksimonlar oilasiga mansub, oyoqlari uzun, tumshug‘i cho‘ziq, ko‘zi juda o‘tkir yirtqich hayvon.
Tog‘da silovsinni ham, qoplonni ham ko‘rdik.
Sh. Xolmirzayev, Og‘ir tosh ko‘chsa
Hozir ham oyog‘idagi silovsin terisidan tikilgan yengil va chidamli choriqqa, sarg‘ish kombinezon shim va kostyumi ustidan kiyib olgan nimcha po‘stiniga, yelkasiga osib olgan safar xaltasiga qaragan kishi uni alpinistdan ajratishi qiyin.
A. Ko‘chimov, Halqa
2. 2. Shu hayvonning terisi, mo‘ynasi.
Bek bo‘lib silovsin to‘n, zarli kamar boylading.
Xushkeldi