1. 1. Tekis ekanlik, bejirimlik; ravonlik. Yuzning silliqligi.
U [Nusratbek] onasining qattiq qo‘llarini uqalayotganida, o‘zining qo‘llari oppoq, semiz, silliqligini sezib uyalgan edi.
S. Nurov, Narvoy
2. 2. Xushmuomalalik, yumshoqlik; osonlik.
Shu orada g‘alamis oralab, ilonning haqini yegan, degan gap chiqib qoldi. Silliqlik bilan, o‘z arizamga binoan quyon bo‘lib qoldim.
S. Ahmad, Saylanma