Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {silji} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: sil-ji-moq
Izoh(lar)i:
silji fl

1. 1. Joyidan qo‘zg‘almoq, surilmoq. Nariroq siljimoq. Hozir Krilovning mashhur masali esimga tushdi: oqqush, cho‘rtanbaliq va qisqichbaqa aravani uch tarafga tortadi-yu, arava hech siljimaydi. Sharq yulduzi
[Bo‘lim mudiri] Shunday kuldiki, yupqa gardishli ko‘zoynagi siljib ketdi. O‘. Hoshimov, Nur borki, soya bor

2. ko‘chma hma Ketmoq, jo‘nab ketmoq. [Oftob oyim:] Yanglishyapsiz, oyi! — [O‘zbek oyim:] Yanglishsam, yanglishmasam, Kumush bu uydan siljimaydi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

3. 3. Bir tarafga qarab harakatlanmoq, ilgarilamoq. Poyezd janubga qarab siljir edi. Gazetadan
Erimbet cho‘kkalaganicha, eshik tomonga siljidi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
Tumanlar siljiydi misli oq uyur, Parchin bulutlar-u o‘tloqlar bedor. X. Davron, Bolalikning ovozi

4. 4. Sizib o‘tmoq, sizmoq, sizg‘imoq. Shipdan suv siljib tomchilamoqda. Qalin tok barglari orasidan siljigan quyosh nurlari uning yuzida, sochlarida tovlanib o‘ynaydi. Oybek, Tanlangan asarlar

5. ko‘chma hma Rivojlanmoq, ilgari bosmoq. Tarjima nazariyasi so‘nggi davrda jiddiy tarzda oldinga siljidi. G‘. Salomov, Tarjima nazariyasiga kirish
Shu tarzda ishlar juda sekin siljidi. P. Qodirov, Uch ildiz

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: qo‘zg‘almoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Qimirlamoq – siljimoq – sudralmoq – emaklamoq
Ma’nosiga ko‘ra
(harakatning tezligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.