Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sil}
So‘z bo‘g‘inlari: sil
Izoh(lar)i:
sil ot

1. 1. Turli a’zolar, asosan, o‘pkada o‘ziga xos yallig‘lanish bilan kechadigan surunkali yuqumli kasal-lik; tuberkulyoz. O‘pka sili. Suyak sili. Sil shifoxonasi. Tamaki tutuni tarkibidagi zaharli moddalar turli xil o‘pka xastaliklari — bronxit, sil, rak kasalliklariga olib kelishi mumkin. Gazetadan
Sut o‘pka yarasi va silga qarshi ishlatiladigan xalq dori-darmonidir. K. Mahmudov, O‘zbek tansiq taomlari

2. 2. Shu kasal bilan og‘rigan bemor. Sillarni davolamoq. Sillarni izolyatsiya qilmoq.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. bo‘yniga osilmoq: birovga xiralik qilib yopishib olmoq.

2. etak silkimoq: butunlay umid uzmoq, kechmoq

3. kindigi kesilgan: tug‘ilgan

4. nafasi kesildi: gapirtirmadi

5. oyog‘i tovsilmoq: odamlar keldi-ketdisi, yo‘ldagi harakati siyraklashmoq, kamaymoq.

6. qo‘l siltadi: diqqat–e’tiborga noloyiq deb topdi

7. tahsil olmoq: ma’lum o‘quv yurtida yoki biror mutaxassis rahbarligida o‘qimoq, bilim, ma’lumot olmoq.

8. tahsil qilmoq: mutolaa qil-moq, mustaqil ravishda o‘qimoq, o‘rganmoq; bilim olmoq.

1. Hansiramoq – harsillamoq – halloslamoq – entikmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishning oz-ko‘pligiga ko‘ra)

2. Kambag‘al – qashshoq – bechora – faqir – yo‘qsil – gado – bechorahol – miskin
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgisining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

3. O‘smoq – unmoq – hosil bermoq
Ma’nosiga ko‘ra
(faoliyat natijasiga ko‘ra )

4. Qimirlamoq – siljimoq – sudralmoq – emaklamoq
Ma’nosiga ko‘ra
(harakatning tezligiga ko‘ra)

5. Urmoq – solmoq – ushlamoq – silamoq
Ma’nosiga ko‘ra
(harakatning qo‘pol yoki muloyimligiga ko‘ra)

6. Yaxshi – sof – asil
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.