Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {signal}
So‘z bo‘g‘inlari: sig-nal
Izoh(lar)i:
signal ot

1. 1. Biror ma’lumot, buyruq, xabar va shu kabilarni yaqin yoki uzoq masofaga yetkazish, kishilarni o‘ziga qaratish, ogohlantirish, tartibga chaqirish uchun qo‘llanadigan shartli belgi, ishora, tovush va shu kabilar Svetofor signallari. Tovushli signal. Aniq vaqt signali. Mashina signali. Signal chiroqlari. Shofyorning Yo‘l ochinglar ma’nosida berayotgan signali befoyda edi. N. Safarov, Olovli izlar
Mansur hovli o‘rtasiga yetishi bilan orqadan mashina signali eshitildi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

2. ko‘chma hma Biror hodisaning oldini oluvchi, u haqida ogohlantiruvchi, ta’kidlovchi xabar yoki belgi, ishora. — Shunday ko‘ngilsiz ahvollar to‘g‘risida signallar bo‘lganmidi? — Bo‘lgan edi. Bu yerda o‘rtoq Ergashevning hushyorligiga tan berish kerak. A. Qahhor, Munofiq
Shundan buyon ikki oy o‘tdi, hali ham matbuot signaliga javob yo‘q. Mushtum

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.