Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sig‘} - in ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi;Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: si-g‘in-moq
Izoh(lar)i:
sig‘ fl

1. 1. Jo bo‘lmoq, joylashmoq, ketmoq. Ko‘p narsa sig‘adigan idish. Quchoqqa sig‘maydigan daraxt. Bir qo‘ltiqqa ikki tarvuz sig‘mas. Maqol
Bu yerda olib tushaman. Qanday beda deng, bog‘i quchoqqa sig‘maydi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. 2. Loyiq, mos kelmoq (kiyim, poyabzal haqida). Etik oyog‘imga sig‘madi.

3. 3. Bemalol kirmoq, o‘tmoq. Ip ignaning teshigiga sig‘madi. Zindon yonidan bir arava sig‘adigan tor ko‘cha o‘tgan. S. Siyoyev, Yorug‘lik

4. 4. O‘ziga panoh topmoq, bemalol, xotirjam yashamoq, turmoq. Undan chiqib qayoqqa, kimnikiga boraman, kimning uyiga sig‘ar edim. A. Qahhor, Maston
O‘z yurtingga sig‘may, bunda kelasan, Darbadar boshingga balo bo‘lasan. Shirin bilan Shakar
Avaz o‘z uyiga sig‘may qoldi. S. Siyoyev, Yorug‘lik

5. ko‘chma hma To‘g‘ri kelmoq, mos bo‘lmoq. Ustozlar turganda, o‘zi haqida so‘zlash sharqona odobga sig‘maydi. Gazetadan
U nobakor yaqinda bir g‘ayridin ojizaga uylanmish. Bu ishi endi hech qaysi nizomga sig‘maydi! K. Yashin, Hamza

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.