Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sifat}
So‘z bo‘g‘inlari: si-fat
Izoh(lar)i:
sifat ot

1. fls. ls. Narsa, voqea, hodisa va shu kabilarni ularning o‘ziga xos belgi va ichki xususiyatlariga ko‘ra ifodalovchi falsafiy tushuncha. Miqdorning sifatga aylanishi.

2. 2. Narsaning, kimsaning ijobiy yoki salbiy xususiyati, fazilati, xislati. Inson sifatlari ichida kamtarlik eng yaxshi fazilatdir. Gazetadan
Navoiy Husayn Boyqaroda shoirlik, ilmparvarlik sifatlarini ko‘rdi. Oybek, Navoiy
[Domla o‘z-o‘ziga:] Hurmatli kitoblarda aytadilar: Sabrlilik — xudoning oyati, sabrsizlik — shaytonning sifati. Shularga amal qilib, bir oz sabr qolmoq kerak. Hamza, Tanlangan asarlar

3. 3. Molning, mahsulotning yoki ishning yaroqlilik darajasi, qo‘yilgan talablarga qanchalik javob bera olishini belgilovchi xususiyati. Mahsulotning sifatini yaxshilamoq. Ishning sifatini oshirmoq. Nonning sifati uning namligi va g‘ovakligi kabi xossalar bilan belgilanadi. G‘. Mahkamov, Dasturxonimiz fayzi
Fabrikamizda ilg‘orlar juda ko‘p, ular ham mahsulot ko‘lami uchun, ham sifati uchun kurashadilar. Gazetadan

4. 4. Qo‘shma so‘z tarkibida “o‘xshash“,-simon kabi ma’nolarni bildiradi, masalan, devsifat, odamsifat, ulug‘sifat.

5. tlsh. sh. Predmetning belgisini bildiruvchi so‘zlar turkumi. Nisbiy sifat. Tub sifat. Sifat darajalari.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Ma’noviy xususiyati.Sifat, asosan, predmet-hodisaning, qisman harakatning belgisini bildiradi va qanday, qanaqa, qaysiso‘rog‘iga javob bo‘ladi. Predmet-hodisaning belgisi: yaxshi bola, katta kitob, shirin taom, qizg‘in bahs;harakatning belgisi: Salim yaxshi o‘qiydi. Hayot abadiy davom etadi. Otlashganda, otning so‘rog‘ini oladi: Qizilini qo‘yib, ko‘kini berdi. Yaxshi bilan yurding – yetding murodga.

Morfologik belgisi.Sifat ism guruhiga kiradi, ya’ni morfologik jihatdan o‘zgaradi. Otlashib egalik, kelishik, ko‘plik shakllarini qabul qiladi: qizilini yoqtirmoq, kattalar, yaxshilar va hokazo. Ot bilan ifodalangan bo‘lakka sifatlovchi-aniqlovchi bo‘la oladigan har qanday so‘z otlashadi. Sifat otlashganda u birikkan ot tushib qolib, vazifasi va grammatik shaklini sifat egallaydi: Yomon kishidan yaxshilik kutmagapida yomon sifati oddiy daraja, sifatlovchi-aniqlovchi vazifasida, kishi oti esa chiqish kelishigida, birlikda, to‘ldiruvchi vazifasida. Yomondan yaxshilik kutma gapidagi yomon sifati otlashgan, ya’nitushirilgan otning chiqish kelishigi, birlik son shakli va to‘ldiruvchi vazifasini olgan.

Otning har qanday grammatik shaklini olgan so‘z otlashgan bo‘lavermaydi. Otlashish uchun so‘z bog‘langan ot tushirilishi ham lozim. Buni aniqlash uchun tushirilgan otni tiklab ko‘rish kerak: Bilimli o‘zadi – bilimli kishi o‘zadi. Lekin Olmaning qizilini yeyman gapida ot tushirilmaganligi tufayli uni tiklab bo‘lmaydi: Olmaning qizil olmasini yeyman kabi. Bunda siafat otlashmagan.

Sifat kesim vazifasida kelganda tuslanadi: yaxshiman, yaxshisan.

Sifatning muhim morfologik xususiyatidan biri - darajalanishi. Sifatning to‘rt daraja shakli ajratiladi(q.Daraja shakli)

Sintaktik belgisi. Sifat gapda, odatda otga tobelanib, uning aniqlovchisi bo‘lib keladi. Ba’zan sifat harakatning belgisini bildirishi ham mumkin: chiroyli yozmoq. Sifat otlashmagan va otlashgan holda barcha gap bo‘lagi vazifasida keladi.

Otlashmaganda: 1) sifatlovchianiqlovchi: Oq paxtalar ochildi. Odobli bola elga manzur. 2) ravish (tarz, vaziyat) holi: U qiziq kular ekan. Qobil bobo dardli xo‘rsindi. 3) otkesim: Gul qizil. Devor oq. U o‘ychan, asabiy edi.

Otlashganda: 1) ega: Yaxshi oshini yer, yomon –boshini.2) qaratqichaniqlovchi: Saxiyning ehsoniga baxilningboshi og‘rir.3) to‘ldiruvchi: Yaxshidan adashma, yomonga yondashma. 4) undalma: Azizim, dunyoga bevaqt kelibmiz.

Sifatning grammatik ma’no turi. Sifat grammatik jihatdan asliy yoki nisbiy bo‘ladi.

Darajalanuvchi sifat – asliy: katta (kattaroq – eng katta) , yaxshi (yaxshiroq – eng yaxshi), yaqin (yaqinroq – eng yaqin), achchiq (achchiqroq – eng achchiq) , qizil (qizilroq – eng qizil).

Darajalanmaydigan sifat nisbiy sifat deyiladi: tonggi, kuzgi, kechki, keyingi, avvalgi, qishki, yozgi, ertangi, bugungi, dastlabgi, ilk, sobiq, yuqorigi (qavat), quyi (palata), tuban (joy), tungi, to‘ng‘ich, kenja, chetki, o‘rtancha, bulturgi, burungi. O‘rin va paytga bog‘liq belgini bildiruvchi sifat darajalanmaydi.

           Sifatning ma’noviy guruhlari. Sifat ma’nosiga ko‘ra 8 ta guruhga bo‘linadi:

Xarakterxususiyat sifati(inson va jonivorning xarakterxususiyati, jonsiz predmet xususiyati): vositali, vositasiz (to‘ldiruvchi), gajir (jangari), gapdon, garang, go‘l, dadil, daydi, dalig‘uli, dangasa, yebto‘ymas, ochofat, parishonxotir, yovvoyi, jo‘n, zab, zabardast, zakiy//zukko, ziyrak, yo‘rg‘a, kamgap, lalmi, maxfiy, mahmadona, mechkay, merov, mudhish, muttaham, muqaddas, nodir, nodon, noyob, nontepki, nonko‘r, no‘noq, ovsar, odil, odmi, oddiy, ojiz, olifta, ofatijon, pismiq, puch, rahmdil, samimiy, saranjomsarishta, sarxil, tajang, tanbal, tansiq, tanqis, tentak, tepsatebranmas, teran, tetik, tuzukquruq, tuyg‘un, turli, to‘pori, ulgurji, umumiy, faol, foniy, xayrixoh, xasis, xokisor, chakki, chaqqon, cho‘rtkesar, shallaqi, sheryurak, shinam, sho‘x, shaddod, yuvosh, yanglish, yaxlit, yaxshi, yashirin, yaqin, o‘jar, o‘gay, qat’iyatli, qaltis, abadiy, abjir, avom, adabiy, ajib, ajnabiy, azaliy, aziz, ayyor, alamli, aldamchi, aldoqchi, aloqador, amaliy, asosli, asriy, afsonaviy, ahmoq, babaq (xo‘roz), badbin, badgumon, badjahl, badiiy, badnafs, badrashk, bo‘shbayov, baynalminal, balandparvoz, baroq, battol, bashariy, bebosh, begona, bezbet, biyron, bilag‘on, bo‘lmag‘ur, bo‘tana (suv), vazmin, vaysaqi, vatanparvar, vafodor, va’daboz, vijdonli, qiyin, g‘alati, g‘irrom, haromharish;

Holat sifati: ko‘hna, luchchak, mal’un, marhum, mast, mastalast, mashhur, mosuvo, muallaq, mulzam, muntazir, mushtoq, muhtoj, noqulay, navqiron, ochiq, olazarak, obod, ozod, osoyishta, osuda, pajmurda, palag‘da, paxmoq, pachoq, pinhon, pokiza, semiz, sovuq, sokin, so‘lg‘in, tayyor, shay, hoziru nozir, toza, tarang, tashna, to‘q, farovon, xom, xarob, xasta, xafa, xijil, xomush, xor, xursand, shalabbo, eski, qaram, qizg‘in, qistalang, abgor, aybdor, alag‘da, alamzada, ayanchli, apoqchapoq, baravj, barkamol, barqaror, boxabar, bexabar, baxtiyor, bedor, besaranjom, bo‘liq, vayron, voqif, gavjum, giryon, dabdala, darg‘azab, yopiq, issiq, iliq, kir, ho‘l;

Rangtus sifati: moviy, nafarmon, ol(qizil), oqqora, pushti (och qizil), jigarrang, kulrang, novvotrang, rangbarang, targ‘il, ola, chipor, olachipor, shafaq rang, zarg‘aldoq, moshguruch (otdan ko‘chgan), tillarang, gunafsha rang. Ot tusini ifodalaydi: saman, to‘riq, chovkar, jiyron, bo‘zto‘riqoq, qora, qizil, sariq, ko‘k, zangori, alvon (rangbarang), go‘los (to‘q jigar rang), gungurt (qorasariq);

Shaklko‘rinish sifati: dumaloq, yassi, uzunchoq, cho‘zinchoq, qiyshiq, to‘garak, do‘ng, tekis, do‘mboq, do‘ndiq, qabariq, botiq, jingalak, jikkak, lo‘nda, lo‘ppi, miqti, silliq, g‘adirbudir, egri, adil (qomat), naysimon, sharsimon;

Hajmo‘lchov sifati: muazzam, mo‘jaz, katta, kichik, og‘ir, vazmin, yengil, so‘ngsiz, bepoyon, tubsiz (ummon), teng, ulkan, keng, tor, uzun, chuqur, chog‘ (choqqina uy), yirik, jimitday, jajji, hayhotday, ixcham, mayda, mitti, azim, ulug‘;

Mazata’m sifati: achchiq, shirin, sho‘r, nordon, chuchuk, taxir, kakra, laziz, xushta’m, chuchmal, talxa; shakar, novvot, namakob, zahar;

Hid sifati: xushbo‘y, muattar, qo‘lansa, ifor, sassiq, badbo‘y;

O‘rin va payt bilan bog‘liq belgi bildiruvchi sifatlar: tonggi, kuzgi, kechki, keyingi, avvalgi, qishki, yozgi, ertangi, bugungi, dastlabgi, ilk, sobiq, yuqorigi(qavat), quyi (palata), tuban (joy), tungi, to‘ng‘ich, kenja, chetki, o‘rtancha, bulturgi, burungi.

Sifatni lug‘aviy ma’no turiga ajratish nisbiy. Ma’no ko‘chishi natijasida ma’no turi ham o‘zgaradi: achchiq gap (mazata’m emas, xilxususiyat), qizil so‘z (rangtus emas, xilxususiyat).

            Sifatning tuzilishiga ko‘ra turlari.Sifat tuzilishiga ko‘ra sodda, qo‘shma, juft va takroriy bo‘ladi:

Sodda sifat. Bir asosdan tashkil topib, o‘z ichida quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 1) sodda tub: yaxshi, shirin, go‘zal, baland, keng, mo‘rt, ko‘kimtir, sarg‘ish; 2) sodda yasama: ishchan, devoriy, maqtanchoq, noo‘rin, hiylagar, ozg‘in, sezgir.

Qo‘shma sifat. Birdan ortiq asosdan tashkil topadi: darveshsifat, devsifat, devqomat, dilozor, dilorom, dilpora, izzattalab, kafangado, xomkalla, sho‘rpeshona, kaltafahm, ochofat, maydagap, og‘iroyoq, shikastahol .

Juft sifat. Qismlarining ishlatilishiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:

I. Har ikki qismi yakka ishlatiladigan juft sifat:1.Qismi o‘zaro sinonim: saranjomsarishta, sog‘salomat, telbateskari, fahmfarosatli, yakkayolg‘iz, yakka-yu yagona, g‘aribbenavo, aqlhushli, ajoyibg‘aroyib, boybadavlat, ochnahor, olachipor, pishiqpuxta, sonsanoqsiz, sarsonsargardon.2.Qismi o‘zaro antonim: uzoqyaqin, xompishiq, quyuqsuyuq, achchiqchuchuk, balandpast//pastbaland, vayron-u obod, issiqsovuq, yiroqyaqin, yiroqyovuq, tanishnotanish. 3.Qismining ma’nosi yaqin: ochyalang‘och, soyasalqin, tinchtotuv, uzuqyuluq, xorzor, ezmachuruk, o‘ydimchuqur, g‘oyaviybadiiy, ijtimoiysiyosiy, mo‘minqobil, ochiqoydin.

II. Bitta qismi yakka ishlatiladigan juft sifat: nestnobud, olabula, olakula, siniqmertik, toparmontutarmon, tuppatuzuk, tilkapora, tengtush, teptekis, to‘kinsochin, uvunto‘da, xomxatala, chalakamchatti, egribugri, eskituski, entaktentak, yumyumaloq, yamoqyasqoq, qaramaqarshi, qariquri, qoraqura, haromharish, aralashquralash, achchiqtizziq, burmachurma, bo‘ltakso‘ltak, devordarmiyon (qo‘shni), yengilyelpi, yolg‘onyashiq, yoshyalang, ilmateshik, yirtiqsirtiq, kaltakulta, kirchir, maydachuyda, mastalast.

III. Har ikki qismi yakka holda ishlatilmaydigan juft sifat: zimziyo, ilangbilang, poyintarsoyintar (gap), dalig‘uli, zimziyo, ilangbilang, ajibuji (yozuv), almoyialjoyi, apoqchapoq, aloqchaloq (tush), uvalijuvali, o‘poqso‘poq.

Takroriy sifat: burdaburda, yo‘lyo‘l (otdan ko‘chgan), oppoqoppoq, yaxshiyaxshi, kattakatta, shirinshirin.

Sifat yasalishi.Sifat qo‘shimcha qo‘shish va so‘z qo‘shish usuli yordamida yasaladi. Bu usul bilan yasalgan sifatning asosi quyidagicha:1. Ot: bama’ni, hosildor, odobli, gorizontal2. Sifat: g‘ayritabiiy, noto‘g‘ri, xomaki.3. Son: beshchi, ikkichi.4. Olmosh: hammabop, o‘zaro, sizbop.5. Ravish: kechki, avvalgi, kamchil, oldingi.6. Fe’l: so‘lg‘in, boshlang‘ich, ochiq, erinchoq.7. Undov: dodvoysiz, ohvohli.8. Taqlid: po‘rsildoq, sharros, so‘lqildoq, shartaki.9. Modal: zaruriy, kerakli.

Qo‘shimcha qo‘shish yo‘li bilan sifat yasalishi:

Qo‘shimcha

Xususiyati

Yasalma

Asos

a:

 

to‘la, aylana, ko‘tara (savdo).

fe’l

avon:

unumsiz

zo‘ravon.

sifat

aki:

 

og‘zaki, qalbaki, yuzaki; zo‘rmazo‘raki, xomaki; shartaki, jirtaki.

ot, sifat,taqlid

al:

unumsiz

regional, gorizontal, monumental, patriarxal.

ot

aro:

affiksoid

xalqaro, davlatlararo; o‘zaro.

ot, olmosh

ag‘on:

unumsiz

bilag‘on, topag‘on, chopag‘on.

fe’l

ba//bo:

 

basavlat, badavlat, bama’ni, bahaybat, baodob yoki boadab.

ot

bad:

 

badhazm, badbaxt, badnafs, badbashara, badaxloq.

ot

bar:

 

barqaror, barkamol, barhayot.

ot

baxsh:

affiksoid

orombaxsh, hayotbaxsh, shifobaxsh.

ot

be:

 

beg‘ubor, bedavo, betashvish, bexosiyat, beor.

ot

bin:

unumsiz

kaltabin, nekbin (badbin o‘zbek tili nuqtayi nazaridan o‘zak).

sifat

boz:

 

va’daboz, safsataboz, xotinboz.

ot

bon:

unumsiz

mehribon (i orttirilgan).

ot

bop:

 

ommabop, qishbop; hammabop, sizbop.

ot, olmosh

vash:

 

laylivash, devonavash, parivash.

ot

vor:

unumsiz

ulug‘vor; umidvor.

sifat, ot

vuch//ovuch:

 

iskovuch, hurkovuch.

fe’l

gay//kay:

unumsiz

kungay; terskay.

ot, sifat

gar:

 

sitamgar, ig‘vogar, hiylagar.

ot

gi//ki//qi:

 

kuzgi, bahorgi, qishki, ichki, sirtqi, tashqi; avvalgi, ertalabki.

ot, ravish

gir//kir//qir// g‘ir//qur:

 

sezgir, keskir, topqir, olg‘ir, uchqur.

fe’l

gin//gun:

forsiy

g‘amgin, gulgun.

ot

go‘y:

 

xushomadgo‘y.

ot

diq:

 

 

fe’l

don:

omonim

bilimdon, gapdon, qadrdon.

ot

dor:

omonim

azador, aloqador, aybdor, vafodor, guldor, daxldor.

ot

dosh:

 

ohangdosh, sirdosh, fikrdosh, o‘zakdosh.

ot

zada:

 

alamzada, yurakzada.

ot

i:

 

qozoqi (it), qishloqi (bola), bahori (bug‘doy), payvandi (o‘rik), bozori (non).

ot

iv:

 

obyektiv, sub’ektiv.

ot

iy//biy:

 

ilmiy, shaxsiy, axloqiy, oilaviy, moliyaviy, diniy (jinoiy, maishiy, lug‘aviy, siyosiy, madaniy kabi so‘zlarda bu qo‘shimcha ajralmaydi);

ot

 

 

 

modal

ik:

omonim

faktik, geologik, realistik.

ot

ildoq:

 

so‘lqildoq, akildoq, likildoq, chiyildoq.

taqlid

imli:

 

to‘yimli, sevimli, yoqimli, o‘timli.

fe’l

in (i):

omonim

to‘kin, to‘lin, sog‘in;

fe’l

 

 

 

ot

in (ii):

forsiy

rangin, g‘ishtin.

ot

inki:

unumsiz

ko‘tarinki.

fe’l

inch:

 

shoshilinch, tiqilinch.

fe’l

k//q//g‘//ik//

iq//uq:

 

chirik, o‘ksik, quruq, yorug‘, o‘lik, egik, yopiq, ochiq, buzuq, yumuq.

fe’l

kash:

 

zahmatkash, jafokash, dardkash, dilkash, hazilkash.

ot

kin//qin//g‘in //kun//

g‘un:

 

tushkun, jo‘shqin, so‘lg‘in, horg‘in, turg‘un.

fe’l

kor:

 

zulmkor, isyonkor, omilkor, fidokor, ehtiyotkor.

ot

l:

unumsiz

 

fe’l

li:

 

aqlli, gulli, kuchli, odobli; kerakli.

ot, modal

lik:

 

yozlik (palto), ko‘rpalik (mato), bayramlik (kiyim).

ot

lom:

unumsiz

sog‘lom.

sifat

m:

unumsiz

 

fe’l

ma:

 

qaynatma, ko‘chma, qo‘shma, terma, tug‘ma.

fe’l

mand:

 

ayolmand, davlatmand, orzumand.

ot

mas:

 

qo‘rqmas, bo‘linmas, yaramas, yengilmas, o‘tmas, qaytmas.

fe’l

mon:

 

bilarmon, ustabuzarmon, o‘larmon, toparmontutarmon.

fe’l

msiq//imsiq:

 

qarimsiq, achimsiq.

fe’l

namo:

 

darveshnamo, olimnamo; tentaknamo.

 

ot, sifat

no:

 

noinsof, noumid; noto‘g‘ri, nomard, noma’lum.

ot, sifat

nok:

 

alamnok, g‘amnok.

ot

ndi:

unumsiz

asrandi (bola).

fe’l

on//an:

 

charog‘on, za’faron, tuban (tub ham ot, ham sifat).

ot

os:

 

sharros, gulduros.

taqlid

omuz:

 

kinoyaomuz, shikoyatomuz, hayratomuz, haqoratomuz.

ot

ong‘ich//ng‘ich:

 

 

so‘kong‘ich, tepong‘ich, tishlong‘ich.

fe’l

oq:

 

qo‘rqoq, baqiroq, qoloq.

fe’l

parast:

 

mansabparast, maishatparast, xayolparast, shaxsiyatparast.

ot

parvar:

 

adolatparvar, insonparvar, xalqparvar.

ot

rli//arli:

 

arzirli, zerikarli, ishonarli, qiziqarli.

fe’l

saro:

unumsiz

 

ot

ser:

 

serhosil, serunum, sergo‘sht, sersomon, sershovqin.

ot

siz:

 

o‘rinsiz, tuzsiz, ishsiz, sanoqsiz.

ot

simon:

 

odamsimon, sharsimon, naysimon.

ot

xo‘r:

 

tekinxo‘r; poraxo‘r.

sifat, ot

xush:

affiksoid

xushmanzara, xushfe’l, xushsurat (xushxabar ot).

ot

ch:

 

tinch, jirkanch.

fe’l

cha:

 

o‘zbekcha, farg‘onacha (kurash).

ot

chak//choq//chiq:

 

kuyunchak, tortinchoq,   erinchoq,

sirpanchiq, qizg‘anchiq.

fe’l

chan:

 

kurashchan, talabchan, harakatchan;

ot

 

 

Yashovchan, o‘suvchan.

fe’lning harakat nomi shakli

chi:

 

ayirmachi; a’lochi, bekorchi.

ot ,sifat

chil:

 

dardchil, izchil, xalqchil, epchil; kamchil.

ot ,ravish

shta:

unumsiz

 

fe’l

shumul:

 

Olamshumul, jahonshumul.

ot

q:

 

oqsoq, porloq, quvnoq.

fe’l

qa:

unumsiz

qisqa; loyqa.

fe’l ,ot

qi:

 

vaysaqi, sayroqi, o‘ynoqi.

fe’l

qoq:

 

yopishqoq, urishqoq, uyushqoq, tirishqoq, qochqoq.

fe’l

g‘ayri:

arabiy, affiksoid

g‘ayriqonuniy, g‘ayritabiiy.

sifat

ham:

 

hamfikr, hamdam, hamnafas.

ot

 

So‘z qo‘shish usuli bilan qo‘shma sifat yasaladi: 1. Ot+ot: sheryurak, xumkalla, ofatijon, bodomqovoq, jigarrang, havorang, darveshsifat, devsifat, devqomat, dilozor, dilorom, dilpora, izzattalab, kafangado, otashnafas, sohibjamol.2. Sifat+ot: sho‘rtumshuq, sofdil, qattiqqo‘l, chalasavod, chalamulla, sovuqqon, balandparvoz, uzunquloq, olijanob, xomkalla, sho‘rpeshona, kaltafahm, ochofat, maydagap, og‘iroyoq, shirinsuxan.3. Ot+sifat: jig‘ibiyron, tepakal, xonavayron, xudobexabar, otabezori, dilxasta, nonko‘r, boshqorong‘i, yoqavayron.4. Ravish + ot: hozirjavob, kamgap, kamsuqum, kamqon, kamxarj.5. Ravish + fe’l: cho‘rtkesar, tezpishar, kechpishar.6. Fe’l + fe’l: yebto‘ymas.7. Olmosh + ot: o‘zboshimcha.8. Ot + fe’l: gadoytopmas, tilyog‘lama.9. Olmosh + sifat: o‘zbilarmon.10. Son + ot: qirqyamoq, ikkiyuzlamachi.

            Sifat turkumi tahlili.Sifat turkumi tahlili– sifatning turlari, shakllari va xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan morfologik tahlil. Unda quyidagilar aniqlanadi: 1. Asliy yoki nisbiyligi. 2. Qaysi lug‘aviy mazmuniy guruhga mansubligi. 3. Morfologik tarkibi. 4. Yasalishi. 5. Lug‘aviy shakllari. 6. Sintaktik shakli. 7. Tuzilishiga ko‘ra turi. 8. Gapdagi vazifasi.

Namuna: Kuzgi ishlar tugadi: asliy sifat; holat belgisi; kuz+gi; yasama, otdan yasalgan; sodda sifat; aniqlovchi.

 

Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.