1. 1. Qo‘l barmoqlari yoki kaftni bosib, bir tomonga harakatlantirmoq.
Ergash qizargan yuzini kafti bilan sidirib qo‘ydi
A. Muxtor, Opa-singillar
Rahim Saidov titroq qo‘llari bilan son tolasini yuz-ko‘zi aralash sidirib, kichkina yostiqcha bilan bitta bo‘lib yotgan sochlariga sekin qo‘shib qo‘ydi.
U. Umarbekov, Yoz yomg‘iri
2. 2. Qo‘l barmoqlari bilan tortib yoki surib tushirmoq, tozalamoq.
Paypoqni sidirib, to‘piqqa tushirmoq.
▬
— Yomonlikka yaxshilik, — dedi o‘t yonida diydirab o‘tirgan Ubbiniyoz soqolidagi loyni sidirib.
A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
— Hozir juda qornim ochdi, — dedi Turg‘unboy peshonasidan terlarini sidirarkan.
T. Ashurov
3. 3. Artib, qirib yoki ko‘chirib olib tashlamoq.
Bu yerda maydonning har bir qatlami sidirib olinib, takir yerda 500 mashina sig‘adigan katta avtobaza qurilayotgan ekan.
S. Siyoyev, Yorug‘lik
Bo‘taboy ariq chetlaridagi o‘tlarni ketmonlab sidirdi.
S. Ahmad, Hukm
Ovni nima qilaman! deb o‘yladi Yodgor non ushoqlarini sidirib olarkan.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
4. ko‘chma hma Olib tashlamoq; xoli qilmoq; ketkazmoq.
Eng musaffo xayol bo‘lib ishq, Qiz qalbidan sidirdi dog‘ni.
O. Hojiyeva
Kulgi yuraklardagi g‘ashlikni sidirdi.
M. Ismoiliy, Bizning roman