1. 1. Yer yuzida keng tarqalgan, xavfli kasalliklar tarqatadigan kichik kemiruvchi sutemizuvchi hayvon. Shu payt ammamning yaqinda bolalagan targ‘il mushugi, og‘zida sichqon tishlagancha, uyga kirib ketdi. R. Azizxo‘jayev, Yashil chayla Qayerdadir yulg‘un tagida cho‘l sichqonimi, nimadir nogoh shitirladi-yu, Zulxumor cho‘chib tushdi. M. Mansurov, Yombi
2. 2. Muchal yil hisobida birinchi yil nomi. Uning yili — sichqon.
1. sichqonning ini ming tanga bo‘ldi: qochib qutulgani joy topilmay qoldi