1. 1. Katta xizmat, talant, odamiylik va shu kabilar evaziga qozoniladigan obro‘; dong, dovruq.
Bu artistning shuhrati olamga ketgan. Donoga ish — shon-u shuhrat, Nodonga ish — g‘am-u kulfat.
Maqol
Avlod-ajdodimiz shuhrati mehnat, Mehnatsiz hech kimsa topolmas hurmat.
Gazetadan
Mashhur qiziqchi xalq orasida shuhrat qozona boshlagan yosh Yusufjonni ko‘rmoqchi bo‘lib, unga odam yuboradi.
T. Obidov, Yusufjon qiziq
2. 2. Shuhrat (erkaklar ismi).