Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {shubhali} {shubha} - lan - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: shub-ha-li shub-ha-lan-moq
Izoh(lar)i:
shubhali sf

1. 1. Shubha tug‘diradigan; gumon qilish mumkin bo‘lgan. Shubhali Harakat. Aliqulning shubhali ishlar bilan band ekanligini seza boshladilar. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
Shubhali odamlarning yoniga chiqavermang, ota! Mirmuhsin, Me’mor

2. 2. Shubha ifodalangan, shubha tug‘diradigan. To‘ti bu Adolatga qarab, shubhali ovoz bilan davom etdi: — Nazarimda, bir gap borga o‘xshaydi. S. Zunnunova, Gulxan
Ko‘plar undan hurkib, shubhali nazar bilan qarab, chetlanib o‘tar edilar. Oybek, Tanlangan asralar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.