Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {shubha}
So‘z bo‘g‘inlari: shub-ha
Izoh(lar)i:
shubha ot

1. Ishonchsiz qarash; ishonchsizlik, gumon. Kimdan shubhang bor? Shubhaga solmoq. Shubhaga tushmoq. Shubhada qolmoq. Shubha tug‘dirmoq. Shubha bilan qaramoq. ▬ Xayolingdan shubhani quvla, Yuragingda saqlama tugun. Uyg‘un
Xotinda hayajon va entikish holatlari bor edi. Shuning uchun qo‘rboshining boyagi shubhasi yana kuchaydi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Uning ko‘kim-tir yuzidagi iztirob taajjub bilan, taajjub shubha bilan almashdi. O. Yoqubov, Ko‘hna dunyo
Ko‘nglini shubhalar, sovuq vahimalar qoplab, o‘zini behol sezdi. H. G‘ulom, Mash’al

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. shubhaga solmoq: -

2. shubhaga tushmoq: -

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.