Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {shu} {atrof} - da ( Kelishik qo‘shimchalari Sintaktik shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: shu at-rof-da
Izoh(lar)i:
shu ol

1. 1. So‘zlovchiga yaqin, uning ko‘z o‘ngidagi narsani yoki kimsani ko‘rsa-tish uchun xizmat qiladi. Shu narsa. Menga shu kitob kerak. Tashabbusni shu brigada boshlab berdi. Mana shu joydan kesing. Menga shu yer ma’qul. Hikoyaning shu yeriga kelganda. gap bo‘lindi. Siz shu yerda qoling. Kanal shu yerdan boshlangan. Siz shu yerlikmisiz?

2. 2. “Payt“, “vaqt“, “on“, dam kabi so‘zlar bilan kelganda, so‘z borayotgan narsa, voqea, hodisa va shu kabilarning boshqasi bilan ayni vaqtda, bir vaqtda sodir bo‘lganligini ifodalaydi. Shu chog‘gacha. Shu paytgacha. Shu vaqtgacha. Shu damgacha. Shu mahalgacha. Rejani shu oy bo‘lmasayam, yanagi oyda bajaramiz. Shu paytda ot kishnab yubordi. Shu vaqtda xo‘roz qichqirdi. Shu onda bir kishi kirib keldi. Naq shu pallada darvozadan katta qora sigir shataloq otib, orqasida bir kishini surib kirdi. Oybek, Tanlangan asarlar
Shu onda ichkaridan o‘z xotinining tovushi eshitildi. A. Qahhor, Mayiz yemagan xotin
Iskandarovning shu paytgacha razm solmaganini qarang-a. S. Ahmad, La’li Badaxshon

3. 3. O‘zi birikib kelgan so‘z bildirgan shaxs, narsa, vaqt va shu kabilarni alohida qayd etadi, ta’kidlaydi. Nima ish bo‘lganini shu odam biladi. Shu qish juda sovuq keldi. Paxta plan i shu bu yil ham bajarilsa, yaxshi bo‘lardi. Menga kitob shu bugun kerak. Shu bugundan e’tiboran darsga qatnashmayman. Shu bu yil mevaga kirgan bir talay shaftoli. olcha, behini kesib, [chol] o‘tin qilipti. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

4. 4. Kesim vazifasida kelib, shaxs, narsa-hodisa va shu kabilarning aynan shu gap bildirgan narsa ekanini qayd etadi. Xohlasang — shu, xohlamasang — katta ko‘cha. Aytadigan gapim — shu. Hozirgi davr talabi — shu. Uning bo‘lgan-turgani — shu. Uning maqsadi — shu. [Yormat:] Miting pir urgani — shu. Kishini chaqib qo‘yadi. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.