Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {shoyi}
So‘z bo‘g‘inlari: sho-yi
Izoh(lar)i:
shoyi [sho-yi ]

1. Ipakdan to‘qilgan gazlama, mato; shohi. Guldor shoyi. Shoyi to‘qiydigan dastgoh. Shoyi ko‘ylak. Shoyi ro‘mol.◆◆[Nuri] To‘y munosabati bilan o‘ziga atab yasalgan to‘qqiz duxoba va to‘qqiz har nav shoyi ko‘rpani tomosha qildi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. Ipakli kiyim, ipak gazlamadan tikilgan kiyim. Shoyi bilan kimxob kiydim — ustimda yo‘q, Qazi bilan qarta yedim — qornimda yo‘q. Maqol

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Chit – shoyi – atlas – adros
Ma’nosiga ko‘ra
(xomashyosining qiymatiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.