1. O‘simlik, daraxt yoki buta tanasidan yon-beriga o‘sib chiqqan o‘simta.
Daraxtning shoxini kesmoq.◆Keldi yoz chog‘i, Mevalar pish-di. Olmalar shoxi Egilib tushdi. I. Muslim.◆Ha, Qodirovga ishlaring tushmabdi, sizlar daraxtning shoxida bo‘lsalaring, men bargida yuraman.
Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
2. Sinib tushgan, kesilgan novda, butoq yoki shox-shabba.
Shoxlarni yoqmoq.◆Raxnalariga yantoq va shox bosilgan past devor-li hovlilarning buzilgan uylari tashqaridan ko‘rinib turar edi.
S. Ayniy, Qullar
3. Ba’zi hayvonlarning boshidan o‘sib chiqadigan suyaksimon qattiq o‘simta; muguz.
[Ho‘kiz] Nayzadek o‘tkir shoxlarini unga to‘g‘rilab xuruj qilib kela boshladi.
K. Yashin, Hamza