Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {shox}
So‘z bo‘g‘inlari: shox
Izoh(lar)i:
shox [shox ]

1. O‘simlik, daraxt yoki buta tanasidan yon-beriga o‘sib chiqqan o‘simta. Daraxtning shoxini kesmoq.◆Keldi yoz chog‘i, Mevalar pish-di. Olmalar shoxi Egilib tushdi. I. Muslim.◆Ha, Qodirovga ishlaring tushmabdi, sizlar daraxtning shoxida bo‘lsalaring, men bargida yuraman. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli

2. Sinib tushgan, kesilgan novda, butoq yoki shox-shabba. Shoxlarni yoqmoq.◆Raxnalariga yantoq va shox bosilgan past devor-li hovlilarning buzilgan uylari tashqaridan ko‘rinib turar edi. S. Ayniy, Qullar

3. Ba’zi hayvonlarning boshidan o‘sib chiqadigan suyaksimon qattiq o‘simta; muguz. [Ho‘kiz] Nayzadek o‘tkir shoxlarini unga to‘g‘rilab xuruj qilib kela boshladi. K. Yashin, Hamza

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. shox I Ot
daraxt tanasidan yonga o‘sib chiqqan butoq

2. shox II Ot
hayvonlarning boshidagi suyaksimon o‘simta, muguz

Paronimi: shoh – [f] Podshoh; shaxmatning bosh figurasi; sara, yaxshi.
Qomus: mavjud emas.

1. shox tashlamoq: shox.

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.