Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {shosh} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: shosh-moq
Izoh(lar)i:
shosh fl

1. 1. Erishish, yetish va shu kabilarga sabrsiz intilmoq; oshiqmoq. Avaz Yoshulli bilan olishib gaplasholmadi, raisning nega shoshayotganiga ham tushunmadi. S. Siyoyev, Avaz
Yomg‘ir aralash qor yog‘ib turgan bo‘lsa ham, u negadir shoshmas edi. S. Zunnunova, Yangi direktor
— Rahmat, shoshib turibmiz, — dedi Melivoy. F. Musajonov, Nozik masala

2. 2. Tez, zudlik bilan bajarmoq; tez, ildamlik bilan harakat qilmoq. Odamlarning shoshib yurishiga qaraganda, qormi, yomg‘irmi yog‘sa kerak. E. Raimov, Ajab qishloq
Shoshib xatni yonidan chiqazib, qo‘liga berdi. S. Ahmad, Ufq
Zargarov hali qayoqqa borishini bilmasa ham, shoshib, etiklarini kiydi. A. Muxtor, Bo‘ronlarda bordek halovat

3. 3. To‘satdan yuz bergan ish, hodisa tufayli hovliqmoq, hayajonlanmoq, esankiramoq. To‘satdan mehmonlar kelib, shoshib qoldim. Shoshganda labbay topilmas. Maqol
Qudrat esa bolalarning gapini tinglashini ham, atrofdagi boy manzaralarni ko‘rib olishini ham bilmay, shoshib qolgan edi. H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: oshiqmoq , shoshilmoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.