Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {shohona}
So‘z bo‘g‘inlari: sho-ho-na
Izoh(lar)i:
shohona [sho-ho-na ]

1. Podsholarga xos, shohlarda bo‘ladigan; oliy darajadagi, juda yaxshi. Shohona kiyim. Shohona jihoz. Shohona kiyinmoq. Shohona yashamoq.◆Butun majlisni◆[Husayn Boyqaro] o‘zining shohona ziyofatiga taklif etdi. Oybek, Navoiy

2. Dabdabali, hashamatli. Pulingiz sandiqqa sig‘mayotgan bo‘lsa, kaminaga bering, men o‘zim shohona uy-joy qurdirib beraman. O. Yoqubov, Diyonat

3. Eng yirik va eng yaxshi, olamshumul. Kosmosga birinchi odamning parvoz qilishi kishilar ijodiy mehnatining shohona samarasi bo‘ldi. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.