Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {shoh} - sh ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi;Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - a ( Fe’l so‘z yasovchi So‘z yasovchi;Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi;Ot yasovchi So‘z yasovchi;Sifat yasovchi So‘z yasovchi ) - b ( Ravishga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi ) - b ( Ravishga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi ) - a ( Fe’l so‘z yasovchi So‘z yasovchi;Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi;Ot yasovchi So‘z yasovchi;Sifat yasovchi So‘z yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: shoh--shab-ba
Izoh(lar)i:
shoh [shoh ]

1. Podsho(h). Eron shohi. Shohning qizi.◆Shoh bolasiga — yurt va sipoh, darvesh bolasiga masjid-u xonaqoh kerak. Oybek, Navoiy

2. Shaxmat o‘yinida: eng asosiy figura. Bir vaqtning o‘zida raqib shohiga va donalaridan biriga hujum qilish ikki yoqlama zarbaning eng ko‘p uchraydigan xilidir. M. Muhiddinov, Shaxmat

3. Shaxmat o‘yinida: biror dona bilan bevosita raqibning shohiga qilinadigan hujum; kisht. Shoh berib mot qilmoq.◆Mirza Muhiddin qaltis bir shoh berib, Muxtorxon o‘ylanib qoldi. A. Qahhor, Sarob

4. Qarta o‘yinida: tojdor chol rasmi tasvirlangan, kuch jihatidan tuzdan keyin turadigan qarta.

5. Narsa yoki kimsalarning eng yaxshisi, sarasi. Qushlar shohi — burgut.◆Necha yuzlab taomlar orasida palov milliy pazandalikning shoh taomi hisoblanadi. K. Mahmudov, O‘zbek tansiq taomlari

6. Ba’zi so‘z birikmalari tarkibida “bosh“, “asosiy“, katta degan ma’nolarni bildiradi (bunday so‘z birikmalarining ba’zilari qo‘shma so‘zga aylangan va aylanmoqda). Shoh ko‘cha. Shoh bekat.◆Sirdaryo to‘silib, shoh to‘g‘on qurildi. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: shox – [f] O‘simlik, daraxt yoki buta tanasidan o‘sib chiqqan o‘simta; ba’zi hayvonlar boshidan o‘sib chiqadigan o‘simta, mugiz.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.