1. Biror usta, mutaxassis yoki olimdan hunar, kasb, bilim o‘rganayotgan (o‘rgangan)shaxs (ustozga nisbatan).
Shogird tushmoq. Usta ko‘rmagan shogird har maqomga yo‘rg‘alar.
Maqol
2. Biror kimsaning ishi yoki ta’limotining tarafdori, uni davom ettiruvchi; muxlis, izdosh.
O‘zini oldi-qochdi sarguzashtlar piri Anvar poshshoning shogirdi deb yuruvchi, chindan ham shu sayoq turk zobitining muxlisi bo‘lgan Komil afandi har galgiday o‘z ustoziga taqlid qildi.
H. G‘ulom, Mangal