1. Shod-xurramlik, tantana.
Bayram shodiyonasi. G‘alabaga bag‘ishlangan shodiyona.◆Zuhra to‘yga ko‘nmadi, deb bo‘lmang tang, To‘y boshlansin, shodiyona boshlansin.
S. Abdulla, Tohir va Zuhra
2. Shod-xurramlik yoki tantana bilan o‘tadigan (o‘tgan, o‘tayotgan).
Shodiyona tuy.◆U bu uydagi, qishloq ayollari ta’riflagan shodiyona uchrashuvlar, maroqli suhbatlar xayoli bilan mast bo‘lib yurgan edi.
H. G‘ulom, Mash’al
3. Xushxabar keltirgan kishiga beriladigan in’om, sovg‘a; suyunchi.