Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {shivir} - la - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: shi-vir-la-moq
Izoh(lar)i:
shivir ot

1. taql. s. So‘zlayotganda, ayrim narsalarning yengil harakatida bir-biriga tegishidan chiqadigan kuchsiz tovushni bildiradi. Shivir-shivir, pichirlashlar eshitildi: raykom boboning urug‘-aymog‘idan emish. S. Nurov, Narvoy
So‘zlarni rayhonday hidlayman, So‘zlarning shivirin tinglayman. X. Davron
Bir vaqtlar kursdoshlari bilan mana shu yaproqlar shiviriga quloq solib turib, qaysi daraxtligini aniqlashardi. J. Abdullaxonov, Oriyat

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Shipshitmoq – shivirlamoq – pichirlamok – gapirmoq – qichqirmoq – baqirmoq – o‘kirmoq – hayqirmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(ovoz miqdorining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.