1. taql. s. Quruq o‘t, shox-shabba, qog‘oz va shu kabilarning qo‘zg‘alishidan hosil bo‘ladigan tovushni bildiradi.
Shitir etmoq. Shitir etgan sharpa. Allanarsa shitir etib ketdi.
▬
— Men shitir etgan tovushdan hadiksirayman, gapning rosti, o‘z do‘stim Xolboydan ham hadiksirab o‘tirib-man, — dedi Usmon.
O. Husanov, Qo‘shiqchining taqdiri
Ammo shipshisi shoxlar shitiriga qo‘shilib ketdi. Hayot eshitmadi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha