Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {shisha}
So‘z bo‘g‘inlari: shi-sha
Izoh(lar)i:
shisha ot

1. 1. Kvars qumiga boshqa ba’zi moddalarni qo‘shib eritish va kimyoviy ishlov berish yo‘li bilan olinadigan qattiq va shaffof material; oyna. Shisha eritadigan pech. Shisha ishlab chiqarmoq. Bu doktorxona to‘g‘risida Sotiboldining bilgani shu: salqin, tinch baland va chiroyli oq imorat; shisha qabzali eshigida qo‘ng‘iroq tugmasi bor. A. Qahhor, Bemor

2. 2. Shunday materialdan yasalgan har xil shakldagi turli idish va buyumlar. Bir shisha atir. Pivo shishasi. Uning baxtiga bir vaqtlar stadionda birgalashib bo‘sh shishalar tergan bolalardan biri yo‘liqib qoldi. I. Rahim, Tinimsiz shahar
Lekin bu o‘qlarning biri devorni teshib ketdi, ikkinchisi chiroq shishasini chil-chil sindirdi. H. G‘ulom, Mash’al

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.