Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {shirinlik}
So‘z bo‘g‘inlari: shi-rin-lik
Izoh(lar)i:
shirinlik ot

1. 1. Shirin ta’mga egalik, shiralilik, shirin ekanlik, totlilik, yoqimlilik. Tarvuzning shirinligi. Suhbatning shirinligi. Bolaning shirinligi. Shirinligi til yorar, Hidi o‘tkir, bo‘yi past. Pishganini ko‘rdim-u, Yeyman, deya qildim qasd. Uyg‘un

2. 2. Qand-qurs kabi shirin narsalarning umumiy nomi, shiravor. U yoshligida ham shirinlikka uch edi. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
— To‘ydan shu bolaga atab bir kaft shirinlik ham keltirmabsan, — dedi O‘roz. Oybek, Tanlangan asarlar
Gap unchalik qovushmayotgani uchun bo‘lsa kerak, juvon choyni to‘xtatdi. Erining yordamida xontaxta ustini shirinliklardan bo‘shatdi. S. Anorboyev, Oqsoy

3. ko‘chma hma Shod-u xurramlik, vaqtichog‘lik, xursandlik; yaxshilik. Shirinlik bilan hayot kechirmoq. Tuy shirinlik bilan o‘tdi. [Hayitjon:] Undan kura, shirinlik bilan, o‘ynab-kulib javob ber-qo‘y. Hamza, Paranji sirlari

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.