1. 1. Bosh g‘oya, masala yoki siyosiy talabni ifodalovchi, qisqa shaklda bayon qilingan chaqiriq.
Stansiya binolari va poyezdlarda Hamma narsa front uchun, g‘alaba uchun! deb yozilgan shiorlar ko‘zga tashlanib turadi.
Nazarmat, Jo‘rlar baland sayraydi
2. 2. Faoliyatni belgilovchi, undagi asos maqsad, shu maqsadni ifodalovchi so‘z, gap.
Shiorimiz shu yil har gektar yerdan 35 sentnerdan hosil yetishtirishdan iborat.
O‘zbekiston qo‘riqlari
Umuman, doston qahramonlarining asosiy shiori o‘z hayotining so‘ngigacha komil ishonch bilan yashash va yashash uchun tinimsiz kurashishdan iboratdir.
UTA
Adolatning: O‘zimizni ishda ham ko‘rsataylik, degan so‘zlari brigada qizlarining asosiy shiori bo‘lib qoldi.
I. Rahim, Chin muhabbat