1. 1. Ho‘l meva va poliz ekinlari hosili pishib yetilishi bilan ular tarkibida hosil bo‘ladigan shirin suyuqlik; sharbat.
Uzumning shirasi. Qovun shirasi.
▬
U [qozi domla] bir necha lahzada kosani tushirib, yupqa po‘stloq ichidan shirasi tomib ketguday bo‘lib turgan shaftoliga qo‘l urdi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Qovun pishdi, anor qizardi senga atab qo‘ygan uzumlarim xalta ichida shira bog‘lab yotibdi.
I. Rahim, Chin muhabbat
2. 2. O‘simliklar tanasida bo‘ladigan suyuqlik, namlik.
Ergash barg shirasi singib ketgan qadoq kaftiga boqdi.
A. Muxtor, Chinor
3. 3. Inson yoki hayvon organizmi hujayralarida bo‘ladigan suyuqlik.
Ba’zi bezlar o‘zidan shira chiqarib turadi.
▬
Bular [ba’zi ovqatlar] oshqozon osti bezi shiralarining ko‘p-kam chiqarilishiga yoki oshqozon va ichaklarning harakatiga ta’sir qiladi.
N. Ismoilov, Kasallarni parvarish qilish
4. s. t. t. Ko‘knor po‘stini suvda ezib tayyorlangan, kayf beradigan ichimlik.
5. ko‘chma hma Biror asar, gap, so‘z va shu kabilarga xos mazmun, ma’no.
Gapining shirasi yo‘q odam,
▬
Bir xalq tilidagi asar ikkinchi xalq tiliga shu asarning butun fazilati, shirasi, jozibasi sakllanib tarjima qilingandagina maqsadga erishiladi.
Gazetadan
6. ko‘chma hma Ohangdorlik, jarangdorlik; yoqimlilik (ovoz haqida).
Ovozning shirasi qochgan, keksalik.
A. Muxtor, Opa-singillar
7. 1. O‘simlik shirasini so‘rib oziqlanadigan mayda tekinxo‘r hasharot; o‘simlik biti.
Bu yil qovunga shira tushdi. Shiraga qarshi kurashda kimyoviy dorivorlardan foydalanish lozim.yash
▬
Shira ko‘p kasofat narsa: g‘o‘zaning yosh barglariga yopishdimi, uni bujmaytirib qo‘yadi, qancha-qancha hosili nobud bo‘ladi.
H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar
8. 2. O‘simlik biti hayot faoliyati natijasida o‘simlik barglarida hosil bo‘ladigan yopishqoq yaltiroq suyuqlik.