Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {shinavanda}
So‘z bo‘g‘inlari: shi-na-van-da
Izoh(lar)i:
shinavanda sf

1. 1. Biror narsaga nihoyatda ixlos qo‘ygan; ixlosmand, ishqiboz, muxlis. Futbol shinavandasi. Kurash shinavandalari. Tomosha zali san’at shinavandalari bilan liq to‘lgan edi. Gazetadan
Qo‘shni xonadan shaxmat donalarining taxtaga taq-tuq urilgani, qo‘li baland shinavandaning xursand ovozi eshitildi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi

2. 2. Biror ish, kasb-hunarga mehr qo‘ygan, uni yaxshi biladigan, omilkor, hadisini olgan. Sho‘r yerlarning piri, tashlandiq yerlarning mirishkori, o‘z kasb-korining shinavandasi Tursunboy bormasa, kim boradi ? M. Muhamedov, Hamqishloqlar
Tinim bilmas texnika shinavandalari ishlab chiqarishga joriy etayotgan yangiliklar bir daryo bo‘lsa, yuqorida eslatganimiz undan qatradir. Gazetadan

3. 3. Kishi bilan dildan suhbatlashadigan, elakishib ketadigan. Qutbiddinovning fe’li aynidi, ya’ni bironta shinavanda ulfat bilan birpas dilkashlik qilgisi keldi. A. Qahhor, Asarlar
U o‘rta yoshli, xiyla to‘laligidan bo‘yi past ko‘rinadigan, odamga tez elakishib ketadigan shinavanda kishi edi. H. Nazir, Ko‘kterak shabadasi

4. 4. Ulfat uchun \yech narsani ayamaydigan, ulfatchilikni o‘rniga qo‘yadigan; odamshavanda. Foziljon hali yosh bo‘lishiga qaramay, o‘zini ulfat ko‘rgan shinavandalardek tutardi. F. Musajonov, Nozik masala
Bunaqangi shinavanda odam kam bo‘ladi, ha. Ol-tin yigit. Do‘st uchun jonini ham ayamaydi. Mushtum

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: ixlosmand [a+f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.