Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {shinam}
So‘z bo‘g‘inlari: shi-nam
Izoh(lar)i:
shinam sf

1. 1. Kishining bahridili ochiladigan, ko‘rkam; ixcham va qulay (joy haqida). Shinam xona. Oxirgi bekatda shinamgina choyxona ham bor ekan. N. Fozilov, Diydor
Qatortolliklar chiroyli va shinam uylarni ko‘rgach, yuraklari sevinch-quvonch bilan to‘lib-toshdi. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
Kavushdo‘z Isoq otaning shahar tash-qarisida uch tanob keladigan shinam bog‘i bor. M. Osim, Tilsiz guvoh
Bog‘da hovuz bo‘ylaridagi shinam shiyponlarga yozilgan dasturxonlar yozilganicha qolib ketibdi. O. Yoqubov, Diyonat

2. 2. Yarashib tushgan; yarashiqli, ixcham. Qabulga kelgan qiz shinamgina tuflisining baland poshnalarini taqillatib, stul oldiga yurib keldi-da, atlas ko‘ylagining etaklarini astagina yig‘ishtirib, noz bilan stulga o‘tirdi. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
Bo‘lis bularning hammasini yaxshi taniydi, biroq O‘tapning yonida o‘tirgan o‘rta bo‘yli, ozg‘ingina, shinam kiyingan yigit unga notanish. H. G‘ulom, Mash’al
Bu zavq Duldulbekning go‘shtdor sholg‘om burnini ham chimchilab qo‘ygandek shinam va go‘zal qilib ko‘rsatardi. Mirmuhsin, So‘gal

3. 3. Xush yoqadigan, yoqimli, maroqli. Uning shinam ovozi go‘yo “Ko‘cha bog‘i“ uchun, Ko‘cha bog‘ining maftunkor ohangi esa G‘ulomjon uchun yaratilgandek yangrar edi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.
Yashil uvatlarda zavqli qo‘shiqlar, Shavqli hangamalar bo‘lar ko‘p shinam. G‘. G‘ulom

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.