Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {shimol}
So‘z bo‘g‘inlari: shi-mol
Izoh(lar)i:
shimol rv

1. 1. Dunyoning to‘rt tomonidan biri — janubga qarama-qarshi bo‘lgan tomon. Kompas strelkasi shimolni ko‘rsatib turibdi. Kechagina shimol o‘lkasida Yurgan chog‘i esiga tushdi. Yo, Mirzo
Ot shimolga qarab burildi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

2. 2. Ma’lum bir joy yoki hududning ayni shu tomondagi qismi. Farg‘onaning shimoli. Afrikaning shimolida. Ko‘k gumbaziga xuddi nayzaday sanchilgan shimol tomondagi tog‘ cho‘qqisi ustida bir parcha qora bulut suzib yuribdi. S. Anorboyev, Oqsoy

3. 3. Yer sharining shimoliy qutbiga yaqin, sovuq mintaqadagi joylar, o‘lkalar. Shamoldan tez uchgan poyezdlar ham to Shimolga yetguncha ketadi holdan. H. Olimjon

Antonim(lar)i: janub
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.