1. 1. Suyuqlik, havo va shu kabilarni ichiga yoki tarkibiga tortmoq, o‘ziga singdirmoq.
Paxta yog‘ni shimib oldi. Suvni yer shimib oldi.
▬
[Gulnor] Ter, moy va changni yillarcha shimgan, jiyagi charmday qotib, kirdan yiltiragan bu do‘ppini yana tozaladi, qoqdi, ko‘zlariga surtib o‘pdi.
Oybek, Tanlangan asarlar
2. ayn. yn. So‘rmoq I.
Qand shimmoq.
▬
O‘roq cho‘ntagidan konfet olib, og‘ziga tashlab shima boshladi.
Y. Muqimov, Matonatli kishilar
Asalarining uyasi! Turgan-bitgani asal! Mana, mana, siqsang, asal oqadi. Bunisi oq mum, harom emas — shimsa ham bo‘ladi.
A. Qahhor, Anor
Bo‘ksalaringni sandalga tiqib, issiqda qurut shimib yotibsanlar!
S. Siyoyev, Yorug‘lik